Joriy yilning 24-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari malakasi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar o‘tkazildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Axborot xizmati bosh mutaxassisi B.Maksudova ishtirok etidi. Tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarining faoliyati yuzasidan tahliliy va tanqidiy fikr bildirdi.
Axborot xizmati xodimlariga o‘z kasbiy yo‘nalishi doirasida aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish, rasmiy sayt va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tahliliy ma'lumotlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bundan tashqari mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Tadbir so‘nggida cohaga oid savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati.