Joriy yilning 25-dekabr kuni 37-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli Qaroriga asosan "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Dang‘ara tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Abdurahimov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish, mehnat resurslarini joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanishi haqida tushuncha berdi.