28/12/2021

Joriy yilning 27-dekabr kuni O‘zbekiston tumanidagi “Fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobi xizmat koʻrsatish markazi” xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida  2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorinng mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-12-3010-25-24
photo2021-12-3010-25-27

Seminar davomida O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni olishdan iboratligi haqida ma’lumot berildi.

 

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.