Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Furqat tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalsri mudirlari ishtirokida 2022- yil 1-yanvar holatiga statistika organlariga taqdim etiladigan “maktabgacha ta’lim tashkilotining” 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisoboti bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov ishtirok etib, u o‘z so‘zida hisobotni “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etishlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob berildi
Axborot xizmati.