✅ Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi tomonidan Rishton tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari ishtirokida “2022- yil 1-yanvar holatiga “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotlarini “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-maktabgacha ta’lim shakli statistik hisobotlarini yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari va byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish to‘g‘risida keng va anroflicha tushuncha berdilar.
Axborot xizmati.