29/12/2021

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati boyicha bozorlarda parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 666,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

👇Bunda:
🐃2 yoshdan katta bo‘lgan qoramollar – 261,9 mlrd. so‘mni
🐂1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan yosh mollar – 145,0 mlrd. so‘mni
🐂1 yoshgacha bo‘lgan yosh mollar - 119,6 mlrd. so‘mni
🐏Qo‘ylar – 127,4 mlrd. so‘mni
🐐Echkilar – 3,2 mlrd. so‘mni
🐎Otlar – 5,2 mlrd. so‘mni
🐓Parrandalar – 3,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.