29/12/2021

Joriy yilning 27- dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Yozyovon tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari ishtirokida E-stat 4.0 elektron tizimi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisoboti topshirish “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etish va uning afzaliklari bo‘yicha  o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-12-3013-07-46
photo2021-12-3013-07-43
photo2021-12-3013-07-41
photo2021-12-3013-07-46 photo2021-12-3013-07-43 photo2021-12-3013-07-41

Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov tomonidan ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini topshirish, bozor iqtisodiyot talablariga, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish, lisenziya va ruxsat berish tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish  kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Axborot xizmati.