✅Quvasoy shahridagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari uchun Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan E-stat 4.0 elektron tizimi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisoboti topshirish “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 orqali taqdim etish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov tomonidan ishtirokchilarga E-stat 4.0 elektron tizimi orqali statistik hisobotni yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari va byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Axborot xizmati.