30/12/2021

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Quva tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari ishtirokida 2022- yil 1-yanvar holatiga statistika organlariga taqdim etiladigan “maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-maktabgacha ta’lim shakli (yillik)” davlat statistika hisobotini taqdim etishlari bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov ishtirok etib, u o‘z so‘zida hisobotni yuborish tartiblari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari va byurokratik g‘ovlarni (korruptsiyaga qarshi) bartaraf etish to‘g‘risida keng va anroflicha tushuncha berdi.

photo2021-12-3109-04-12
photo2021-12-3109-04-15
photo2021-12-3109-04-12 photo2021-12-3109-04-15

Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob berildi

 

Axborot xizmati.