Joriy yilning 5-yanvar kuni Farg‘ona shahriga qarashli Ahmad al-Farg‘oniy mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘tkazildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga qarorda ko‘zda tutilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish, mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mahallada mavjud ko‘chalarning nomi belgilari ilinganligi haqida tushuntirishlar olib borildi. Bundan tashqari, qarorning mohiyati va mazmuni haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.
Axborot xizmati.