Barcha joylardagi kabi joriy yilning 7-yanvar kuni Yozyovon tumanidagi 35-son oilaviy poliklinikasi jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mohiyati va mazmunini tushuntirish yuzasidan so‘z yuritdi. Xususan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun eng katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berdi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.