07/01/2022

✅Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshloq tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2022-01-0810-21-59
photo2022-01-0810-21-56
photo2022-01-0810-21-54

Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Ahrorov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorning mohiyati va mazmuni tushuntirar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat resurslari, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.