Qo‘qon shahar statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 7-yanvar kuni shahardagi "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari uchun "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetkchi mutaxassisi Sh.Yusupov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mohiyati va mazmuni yuzasidan tushuntirish berdi.
Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.