📆Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 1-dekabr holatiga viloyat bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 65,8 %i to‘g‘ri kelib, 2020-yilning yanvar-noyabr oylaridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 2,1 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 105,2 %ni tashkil etgan holda 3 929,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.