Joriy yilning 8-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan iste’mol narxlar indeksi kuzatuvlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vebinarda ichki iste’mol bozoridagi narxlar statistikasini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, iste’mol narxlari kuzatuvlarini o‘tkazish amaliyoti va inflyatsiyani hisoblash metodologiyasiga katta e’tibor qaratish zarurligi haqida uqtirib o‘tildi.
Axborot xizmati.