10/01/2022

Аholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning o‘zida amalga oshirilishi, shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldirilishi, aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish aholini ro‘yxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi haqidagi tushunchalar kuni kecha Quva tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokidagi  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tashkil etilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi.

photo2022-01-1109-40-53
photo2022-01-1109-40-56
photo2022-01-1109-40-53 photo2022-01-1109-40-56

Seminarda tuman statistika bo‘limining boshlig‘O.Pozilov hamda bosh mutaxassisi V.Mirzayevlar qatnashdi.

Quva tumani statistika bo‘limi.