Mamlakatimizning barcha hudadlari kabi Toshloq tumaniga qarashli “Xotinqumi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Ahrorov tomonidan ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ma’lumotlarni olish, ularni umumlashtirish va yagona axborot tizimiga yig‘ish kabi ishlar amalga oshirilishi haqida axborot berib o‘tildi.
Toshloq tumani statistika bo‘limi.