Joriy yilning 12-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, Farg‘ona tumani statistika bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Farg‘ona tumaniga qarashli “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Chunonchi, “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.G‘оyibnazarova viloyat televideniyasiga bergan intervyusida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘ining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari tumanning 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirildi.
Seminarda statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A. Abdurazakov, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i J. Xasanov, mutaxassis G‘. Mamajonov tumanning mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokimi yordamchisi H.Po‘latovlar tomonidan xozirgi kunda mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand ayollarning ro‘yxatini shakllantirish, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida olingan ma’lumotlar asosida hukumat tomonidan manzilli dasturlar ishlab chiqilishi va mamlakatimiz infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va boshqa shu kabi masalalar haqida atroflicha tushuncha berildi. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.