Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Axrorov O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilik ommaga yetkazish maqsadida viloyat radiosi orqali targ‘ibot ishlarini amalga oshirdi. U xususan – “Aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish qay tarzda amalga oshiriladi?”-degan savolga quyidagicha javob berdi. Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur qonunining 13-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aholini ro‘yxatga olish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini, Aholini ro‘yxatga olish dasturini hamda ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini tasdiqlaydi, aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridan foydalanish tartibini belgilaydi, davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, aholini ro‘yxatga olishga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibini belgilash kabi vakolatlarga egadir
Axborot xizmati.