18/01/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov  O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ-611-sjy Qonunining  mazmun va mohiyatini keng jamoatchilik ommaga viloyat radiosi orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

U xususan Аholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlarning asosiy manbaihisoblanishi va u kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish,  aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi. yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy ro‘l o‘ynashi haqida axborot berib o‘tdi.

                                                                                                                  Axborot xizmati.