Joriy yilning 18-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi mutaxassisi O.Hamrakulova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonovalar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududdagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha shahar statistika bo‘limiga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.