Joriy yilning 19-yanvar kuni Fargona viloyati statistika boshkarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qarorining mohiyati va mazmunini tushuntirish bo‘yicha seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov ishtrok etib, u xususan, qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi,barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinishi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilib borilishi,daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi ma’lumot almashinuvini ta’minlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari 2022-yil 1-yanvargacha avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‘L” onlayn axborot platformasi ishga tushirilishi hamda “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitish yo‘lga quyilishi haqida gapirib o‘tdi.
Axborot xizmati.