20/01/2022

Joriy yilning 19-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, Farg‘ona tumani statistika bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Farg‘ona shahriga qarashli “Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Chunonchi, seminarda statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A. Abdurazakov kirish so‘zi bilan ochib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘ining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

photo2022-01-2019-00-33
photo2022-01-2019-00-30
photo2022-01-2019-00-27
photo2022-01-2019-00-24
photo2022-01-2019-00-33 photo2022-01-2019-00-30 photo2022-01-2019-00-27 photo2022-01-2019-00-24

Shundan so‘ng mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokimi yordamchisi X. Mo‘minov hamda mahalla fuqarolar yig‘ini  raisi Z. Ishpulatovalar tomonidan xozirgi kunda mahallada istiqomat qiluvchi aholini uch toifaga bo‘lib, bundan ehtiyojmand oilalar ro‘xatini shakllantirish, mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratish, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida olingan ma’lumotlar asosida hukumat tomonidan manzilli dasturlar ishlab chiqilishi va mamlakatimiz infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va boshqa shu kabi masalalar  haqida atroflicha  tushunchalar berildi. 

 

                                                                                                                                                  Axborot xizmati.