27/01/2022

Joriy yilning 27-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida viloyatda faoliyat yuritayetgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida  xizmatlar sohasining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi mutaxassislari hamda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakovlar qatnashdilar.

photo2022-01-2809-12-21
photo2022-01-2809-12-08
photo2022-01-2809-12-24
photo2022-01-2809-12-21 photo2022-01-2809-12-08 photo2022-01-2809-12-24

Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev matbuot anjumanini kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida xizmatlar sohasi  korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan toifalar kirishi, ushbu sohani ko‘pincha rivojlangan zamonaviy infratuzilma tufayli sanoatdan keyingi iqtisodiy tuzilma tarzida ko‘rilishi haqida to‘xtalib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-dekabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17810,1 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 4 115,7 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,0 %ni tashkil etdi.  2021-yil yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan transport xizmatlari tarkibi 2021-yil yanvar-dekabr oylarida transport xizmatlari hajmi Farg‘ona viloyatida 3 666,3 mlrd.  so‘mni tashkil etdi. Shundan, avtotransport xizmati 3 419,9 mlrd. so‘mni, jami transport xizmatlarining 124,9 %ni tashkil etshi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zni viloyat statistika boshqarmasining xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limining yetakchi mutaxassisi M. Fozilova  so‘zga chiqib, hozirgi kunda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy 13 xizmat ko‘rsatish sohalarining ko‘rsatkichlari shakllantirilishi,O‘zbekiston Respublikasining Davlat statistika ko‘mitasining 2020-yil 13-apreldagi 24-sonli buyrig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida kichik biznes subuektlarini faoliyati bo‘yicha kuzatuvi belgilanishi haqida tushuncha berib o‘tdi. Bundan tashqari mazkur bo‘limning 1-toifali mutaxassisi N.Umarova  o‘z so‘zida  iqtisodiy faoliyat turlarida  xizmatlar hajmining asosiy 13ta tur faoliyatini shakllantirilishida ichki 70 ta xizmat  turlarini kuzatilishi va tahliliy ishlarni olib borilishi natijasida kelib chiqishi  haqida axborot berdi.

photo2022-01-2809-12-32
photo2022-01-2809-12-29
photo2022-01-2809-12-27

Shundan so‘ng boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi -710 sonli  qarorining ijrosini ta‘minlash maqsadida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng mazkur masalalar yuzasidan muzokaralar boshlandi. Jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati.