Joriy yilning 2-fevral kuni, Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil IY-chorak yakunlariga bag‘ishlangan masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga ko‘ra Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2021-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.