03/02/2022

Joriy yilning 3-fevral kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, Toshloq tumani statistika bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Toshloq tumaniga qarashli “Sadda” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

photo2022-02-0409-36-58
photo2022-02-0409-37-01
photo2022-02-0409-36-53
photo2022-02-0409-36-55
photo2022-02-0409-36-58 photo2022-02-0409-37-01 photo2022-02-0409-36-53 photo2022-02-0409-36-55

Chunonchi, seminarni viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A. Abdurazakov kirish so‘zi bilan ochib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng Toshloq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi M. Axrorov tomonidan xozirgi kunda “Sadda” mahallasida  tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratish, aholi turmush darajasini oshirish, onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha va mamlakatimiz infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish  kabi ishlar aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida olingan ma’lumotlar asosida hukumat tomonidan manzilli dasturlarni ishlab chiqilishda asosiy manbaa sifatida qollanishi haqida to‘xtalib o‘tildi.

 

                                                                                                                                                  Axborot xizmati.