Joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov Farg‘ona shahriga qarashli “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari mamlakatimiz infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish kabi ishlar aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida olingan ma’lumotlar negizida manzilli dasturlarni ishlab chiqilishda asosiy manbaa ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
Axborot xizmati.