Joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-son Farmoninig mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov so‘zga chiqib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizasiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshirilishi, shartnoma tarafi ikkinchi tarafdan shartnoma majburiyatlarini bajarishni qabul qilganda, uni keyinchalik haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqli emasligi, davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanishi, tadbirkorlar soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘lamaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka qarzdorlikka teng pulni muzlatib qo‘yishi, uni 30 kundan so‘ng undirish to‘g‘risida farmoyish yuboraishi va bu haqda to‘lovchini xabardor qilishi, kommunal, energiya, aloqa xizmatlari, yo‘lovchi va yuklarni tashishga oid tabiiy monopoliyalar ishlab chiqqan shartnomalar monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishishi haqida tushuncha berib o‘tdi.
Bundan tashqari Farmonga ko‘ra, elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdi qilinganda va boshqa bitimlar tuzishda eskrou tizimi joriy etilishi, 2022/2023 o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuzilishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnomalar tuzishda qo‘llash uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar ishlab chiqilishi, shartnomalar namunalari “yurxizmat.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirilgani to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Azborot xizmati.