Joriy yilning 10-fevral kuni, Oltiariq tumaniga qarashli 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Oliariq tumani statistika bo‘limining boshlig‘i B.Siddiqov qatnashdi.
U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Oliariq tumani statistika bo‘limi.