16/02/2022

🏢Aholini ro‘yxatga olishga yoshdan qat’iy nazar, mamlakatning barcha aholisi ishtirok etadi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish vaqtida yashash joyi (turar joyi) bo‘yicha o‘zi bo‘lmagan fuqarolar yoki voyaga yetmaganlarning ma’lumotlari uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zosi tomonidan ma’lum qilinadi. Vasiylik va homiylikka olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlar ularning vasiylari yoki homiylari tomonidan ma’lum qilinadi. Ota-onalar yosh bolalar haqida ma’lumot beradilar.

Axborot xizmati.