21/02/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga viloyat bo‘yicha parrandalarning umumiy bosh soni 8621,7 ming taga yetdi.📊 2021–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 585,3 ming taga (0,9 %) ko‘paydi.

⬇️Shundan:
🟠Fermer xo‘jaliklari – 1288,4
🟠Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 5253,8
🟠Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 2079,4 ming boshni tashkil etdi.