22/02/2022

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona tumaniga qarashli “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

photo2022-02-2219-54-56
photo2022-02-2219-54-53
photo2022-02-2219-54-49
photo2022-02-2219-54-44

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘I A.Abdurazakov ishtirokcholarga qarorning mazmun va mohiyatini tushintirib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga yuklatilgan vazifalar, mahallaning sxematik xaritalarini yangilash, ko‘cha nomlari hamda raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazish, mahallada istiqomat qilayotgan barcha fuqarolar mazkur tadbirda faol qatnashishi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.

 

Axborot xizmati.