23/02/2022

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-fevral holatiga viloyat bo‘yicha o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 359,3 ming so‘mni tashkil etib, 📊2021-yilning mos davriga nisbatan 8,9 %ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

👇Shundan eng yuqori ulushga ega hududlar:
🟣Qo‘qon sh. - 1 195,9 ming so‘m
🟣Marg‘ilon sh. - 1 106,5 ming so‘m
🟣Farg‘ona sh. - 927,9 ming so‘mni tashkil etdi.

👇Shundan eng quyi ulushga ega hududlar:
🔴Beshariq t. - 147,0 ming so‘m
🔴Toshloq t. - 138,8 ming so‘m
🔴O‘zbekiston t. - 130,6 ming so‘mni tashkil etdi.