23/02/2022

Barchamizga ma’lum 2023–yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan joylarda ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 23-fevral kuni Farg‘ona shahridagi 4-sonli musiqa maktabi jamoasi ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

photo2022-02-2318-13-03
photo2022-02-2318-13-00
photo2022-02-2318-12-56
photo2022-02-2318-13-06
photo2022-02-2318-13-03 photo2022-02-2318-13-00 photo2022-02-2318-12-56 photo2022-02-2318-13-06

Seminarda shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R. Hasanov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritib,  u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va boshqa dasturlarini ishlab chiqish uchun muhim poydevor ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Farg‘ona shahar statistika bo‘limi.