25/02/2022

✅Barcha joylardagi kabi joriy yilning 25-fevral kuni Toshloq tumaniga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2022-02-2518-35-56
photo2022-02-2518-35-52
photo2022-02-2518-35-59
photo2022-02-2518-35-56 photo2022-02-2518-35-52 photo2022-02-2518-35-59

Seminarda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Ahrorov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olganligi haqida axborot berib o‘tdi.

Toshloq tumani statistika bo‘limi.