02/03/2022

Joriy yilning 2-mart kuni Marg‘ilon shahriga qarashli “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

photo2022-03-0310-54-47
photo2022-03-0310-54-44
photo2022-03-0310-54-41
photo2022-03-0310-54-39
photo2022-03-0310-54-47 photo2022-03-0310-54-44 photo2022-03-0310-54-41 photo2022-03-0310-54-39

Seminarda viloyat statistika boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov ishtikokchilarga aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va u 3 bosqichda amalga oshishi, bundan tashqari bugungi kunda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari, xususan, mahallalardagi ko‘cha nomlari, raqamlanmagan uylarning raqamlanishi, ro‘yxatga olish jarayonida barcha mahalladagi fuqarolar  faol qatnashishlari zarurligi haqida tushuncha berildi

 

Axborot xizmati.