02/03/2022

Joriy yilning 2-mar kuni Farg‘ona tumaniga qarashli “O‘rta Sho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Halimova tomonidan “O‘rta Sho‘ra” mahallasiga qarashli “Bilimdonlar” ko‘chasidagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashdi.

photo2022-03-0315-11-05
photo2022-03-0315-11-02
photo2022-03-0315-10-59
photo2022-03-0315-10-56
photo2022-03-0315-10-53
photo2022-03-0315-10-50

Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘chalarning nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Axborot xizmati.