Joriy yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qaroriga asosan Qo‘shtepa tumani “Langar” mahalla fuqarolar yig‘inida raqamlanmagan yularning raqamlanish darajasi o‘rganildi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning raqamlanmagan uylar sohiblari bilan bittama-bitta suhbatlashib, uy raqamlari ro‘yxatga olish tadbirigacha ilib qo‘yilishi, uy raqamlariga qarab ro‘yxatga oluvchi xodim birma-bir uyga kirib xonadonda yashovchi fuqarolarni ro‘xatga olishi, bu ishlar faqatgina olinadigan ma’lumotlar to‘g‘riligi va shaffofligini ta’minlash uchun xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.
Axborot xizmati.