Joriy yilning 3-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi G’.Mamajonov hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Ahrorovlar Toshloq tumaniga qarashli “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘inida uylarni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayetgan ishlarni o‘rgandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-qonli qarorida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha mahallada joylashgan turar va noturar joylarni ajratish, aholi yashaydigan uylarni raqamlashtirish, qo‘cha nomi belgilari ilib qo‘yilishi kerakligi alohida ko‘chama-qo‘cha yurib, ko‘rib chiqildi. Tadbir jarayonida mahalla xaritasiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Axborot xizmati.