04/03/2022

Joriy yilning 4-mar kuni Farg‘ona tumaniga qarashli “Chek Sho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Halimova tomonidan “Chek Sho‘ra” mahallasiga qarashli “Farovon turmush” ko‘chasidagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashdi.

photo2022-03-0510-48-53
photo2022-03-0510-48-49
photo2022-03-0510-48-43
photo2022-03-0510-48-41

Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Axborot xizmati.