Joriy yilning 4-mart kuni Farg‘ona shahriga qarashli “Chek Sho‘ra” mahallasining “Meros” ko‘chasidagi aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targibot ishlari o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi Sh.Halimova hamda mahalla xodimlari ishtirokida mazkur ko‘chaning har bir xonadonga kirib, xaritada ko‘rsatilgan raqamlar asosida uylarni raqamlarini taqqoslab chiqib, noaniqlarini ajratish ishlari hamda aholini ro‘yxatga olish jarayonida mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ma’lumotlarni olish, ularni umumlashtirish va yagona axborot tizimiga yig‘ish kabi ishlar amalga oshirilishi haqida targ‘bot ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati.