✅Joriy yilning 9-mar kuni Rishton tumaniga qarashli “Oq yer” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov va yetakchi mutaxassisi H.Nortojiyavlar tomonidan “Oq yer” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashdi.
Bundan tashqari mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.