✅Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov hamda yetakchi mutaxassisi H.Nortojiyevlar joriy yilning 9-mart kuni Bag‘dod tumaniga qarashli “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan “Ittifoq” mahallasiga qarashli ko‘chalardagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirish, birma-bir raqamlanmagan uy sohiblari bilan suhbatlashish, mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘griligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘chalarning nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.
Mazkur jarayonlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Axborot xizmati.