Joriy yilning 10-mart kuni barcha joylardagi kabi Buvayda tumaniga qarashli Pedagogika kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidano‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi H.Nortojiyev hamda Buvayda tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Mirzaakbarovlar aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida gapirib o‘tdilar. Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlar to‘planishi va yagona elektron bazaga kiritilishi haqida ham axborot berib o‘tdi.
Axborot xizmati