11/03/2022

Navro‘z ayyomi  xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayramdir. Navro‘z dehqonchilik ishlarining boshlanishi, yangi mavsumga kirish vaqti sanaladi. Navro‘z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi unib chiqqan ko‘katlardan, bahoriy taomlar: sumalak, halim, ko‘ksomsa, ko‘kchuchvara kabi tansiq taomlar pishirilgan. 

photo2022-03-1209-08-14
photo2022-03-1209-08-11
photo2022-03-1209-08-08
photo2022-03-1209-08-05
photo2022-03-1209-08-03
photo2022-03-1209-08-17

Mana shunday tadbir ayni damda viloyat statistika boshqarmasida  ham o‘tkazilmoqda. Boshqarma jamoasi ham yaxshi niyatlar bilan  katta doshqozonda sumalak pishirmoqda.  Yangi kirib kelayotgan yil hammamiz uchun omadli, unumli  va  barokatli kelsin. Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin.

 

Axborot xizmati.