Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassisi A.Yusupov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, Yozyovon tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Arapov va “Yangi Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O. Mamatsaqov ishtirokida mazkur mahallaning kartografik xaritasini o‘rganish jarayoni olib borildi.
O‘rganish jarayonida A.Yusupov tomonidan mazkur mahallaga tegishli ko‘chalarning ko‘cha nomlari belgilari ilinganligi, raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish, xaritada ko‘rsatilgan turar va noturar joylarni birma-bir yurib, xarita bilan taqqoslash ishlari amalga oshirildi va mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.
Axborot xizmati.