15/03/2022

Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassisi A.Yusupov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘.Teshaboyevlar ishtirokida “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘inida ushbu jarayonga tayyorgarlik ishlari qay tarzda olib borilayotgligi o‘rganildi.

photo2022-03-1609-08-50
photo2022-03-1609-08-48
photo2022-03-1609-08-45
photo2022-03-1609-08-50 photo2022-03-1609-08-48 photo2022-03-1609-08-45

“Miskin” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Dehqonov bilan birgalikda mahalladagi raqamlanmagam uylarning aniq soni, mavjud ko‘chalarning nomi belgilarining mavjudligi, mahalla xaritasidagi barcha turar va notuirar obyektlarning to‘griligi ko‘rib chiqildi hamda birma-bir raqamlanmagan uy sohiblari bilan uy raqamlarining ilib qoyilishi nima uchun zarurligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Axborot xizmati.