Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Yig‘ma-axborot ishlari” boshqarmasi bosh mutaxassisi H.Murodullayev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pozilov hamda Quva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi V.Mirzayevlar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha va 5 narx do‘kon dehqon bozorlarda narxlarni ro‘yxatga olish kuzatuvi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida Quva tumanidagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.