15/03/2022

Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassisi A.Yusupov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi B.Ahadjonov, Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘.Teshaboyevlar hamda Farg‘ona viloyati televideniyasi bilan hamkorligida  “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari o‘rtasida targ‘bot va tashviqot ishlari olib borildi.

photo2022-03-1621-53-27
photo2022-03-1621-53-24
photo2022-03-1621-53-20
photo2022-03-1621-53-17
photo2022-03-1621-53-14
photo2022-03-1621-53-27 photo2022-03-1621-53-24 photo2022-03-1621-53-20 photo2022-03-1621-53-17 photo2022-03-1621-53-14

Tadbirda shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,  mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli dasturlarini tayyorlash, aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilanganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Axborot xizmati.