✅Joriy yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Yig‘ma-axborot ishlari” boshqarmasi bosh mutaxassisi H.Murodullayev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pozilov hamda Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Temirovlar ishtirokida Beshariq tumanida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, dehqon bozoridagi narxlarning ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Bundan tashqari, kuzatuv jarayonida Beshariq tumanidagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.